Impra yangiliklari: yangi formatdagi seylon choyi
Balton Trading Asia Impra brendining yangi mahsulotlarini taqdim etadi: Finest Selection, English Breakfast va Premium Selection.
Bu to‘yingan ta’m, yorqin ifor va rastada darhol ajralib turadigan chiroyli qadoqni qadrlaydiganlar uchun qora seylon choyi.
Impra Finest Selection — kumushrang qadoqdagi saralangan choy navlarining eksklyuziv aralashmasi. Formati: 2 g dan 80 ta paketcha.
Impra English Breakfast — chuqur to‘q-qahrabo rang va tetiklantiruvchi ta’mga ega kuchli qora seylon choyi. Klassik nonushta uchun ham, limonli an’anaviy Toshkent choyi uchun ham juda mos. Formati: 2 g dan 50 ta paketcha.
Impra Premium Selection — yumshoq ifor va muvozanatli achchiqlikka ega saralangan choy barglaridan tayyorlangan nafis kupaj. Oltin naqshli qora qadoq mahsulotning premium xarakterini ta’kidlaydi. Formatlari: 2 g dan 50 va 100 ta paketcha.
Barcha yangiliklarda Ceylon Tea belgisi mavjud bo‘lib, u mahsulotning asl kelib chiqishi, sifat nazorati va Shri-Lanka eksport kengashi standartlariga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Impra’ning yangi mahsulotlari Balton Trading Asia choy kategoriyasini kengaytiradi va savdo nuqtalariga xaridorlarga zamonaviy, ko‘zga tashlanadigan va premium qadoqdagi haqiqiy seylon choyini taklif etishga yordam beradi.