Balton Trading Asia sovutish va muzlatish omborlar uchun FSSC 22000 sertifikatini oldi
Balton Trading Asia “Risoviy” maydonidagi muzlatilgich omborlar bo‘yicha auditdan muvaffaqiyatli o‘tdi hamda quyidagi yo‘nalish bo‘yicha xalqaro FSSC 22000 sertifikatini qo‘lga kiritdi: “Oziq-ovqat mahsulotlarini, jumladan muzlatilgan va sovutilgan mahsulotlarni saqlash va tarqatish”, shuningdek hayvonlar uchun yem mahsulotlari. Mazkur sertifikat BTA ombor infratuzilmasi oziq-ovqat xavfsizligi va sifatini boshqarish bo‘yicha xalqaro talablarga mos ekanligini tasdiqlaydi.