LOGISTIKA
O‘zining hususiy avtoxo‘jaligiga ega bo‘lgan distributorlik kompaniyasi bizning mahsulotni o‘z vaqtida, ishnochli tarzda va ehtiyotlik bilan eltib berishni ta’minlaydi. Avtoxo‘jalikda hozirgi kunda 200+ avtotransport birligi hisobda turibdi. Kompaniyaning barcha transporti texnikaviy ko‘rikdan muntazam o‘tkazilib turadi.
Mahsulotlarni O‘zbekiston bo‘ylab tashishni o‘z hususiy eltib berish xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Yuklarni tashishning sozlab yo‘lga solingan jarayonlari mahsulotni o‘z vaqtida eltib berishga imkon tug‘diradi. Mahsulotning tashishlar vaqtidagi asralishi transport vositasining kuzovida savod bilan to‘g‘ri o‘rnashtirilib, mahkamlanishi tufayli ta’minlanadi.
Mahsulotni O‘zbekistongacha yetkazib berish yuklarning o‘z vaqtida yetib kilishini va uning asralishini kafolatlaydigan, hamda qayta-qayta tekshiruvlardan o‘tgan transport kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi. Eltib berish mintaqasi, yuk xili va maddatiga bog‘liq holda bizning mutahassislar yetkazib berishning eng maqbul variantini, ya’ni: avtoulov, temir yo‘l yoki avia yetkazib berishni tanlab olishga yordam beradi.
Jo‘natilayotgan barcha mahsulot unga ilova qilinadigan zaruriy yo‘l xujjatlariga ega – qog‘ozlar jamlamasini shakllantirish avtomat tarzda amalga oshirilib, qonunchilikning dolzarb talablariga mutlaqo mosdir. Zarur bo‘lgan hollarda yuklarning transport-ekspeditsiyaviy kuzatib boriluvi tashkil etiladi.