Makfa va Dr. Bakers Korzinka Go’da: Ramazon Hayiti uchun situatsion marketing
17-martdan 31-martgacha Makfa 2 kg un xarid qilgan xaridorlarga razrixlitel sovg‘a qilinadi — bu mahsulotlardan foydalanish mantiqiga asoslangan qulay va tushunarli yechim. “Un + razrixlitel” kombinatsiyasi xarid jarayonidagi ortiqcha bosqichlarni kamaytiradi va uyda pishirish uchun tayyor yechimni taqdim etadi.
Makfa va Dr. Bakers brendlari Korzinka Go servisidagi qo‘shma aksiya orqali oddiy mexanika qanday qilib to‘g‘ri kontekst hisobiga kuchayishini ko‘rsatadi.
Kampaniyaning asosiy kuchi uning Ramazon Hayiti davri bilan mos kelishidadir — bu O‘zbekistondagi muhim infopovodlardan biri. Bu davrda uyda taom tayyorlash va pishiriqlarga bo‘lgan talab oshadi, xaridlar esa yanada ongli va hissiy bo‘ladi. Shu sababli, hatto kichik qo‘shimcha qiymat ham g‘amxo‘rlik sifatida qabul qilinadi, brend esa bayramga tayyorgarlik va oilaviy dasturxonning bir qismiga aylanadi.