Balton Trading Asia LOGFORUM Asia 2025’da: Logistikaning kelajagiga qarash
2025-yil 22–25 aprel kunlari Olmatoda Markaziy Osiyodagi eng yirik logistika biznes forumi — LOGFORUM Asia bo‘lib o‘tdi. 40 dan ortiq spikerlar orasida Balton Trading Asia vakillari ham ishtirok etdi: boshqaruvchi hamkor Filipp Gorbunov va ta’minot zanjiri direktori Mansur Yo‘ldoshev.
Filipp Gorbunov: “O‘zbekiston bozori o‘zgarayotgan bo‘lsa, biz ham o‘zgarayapmiz”
Filipp Gorbunov o‘z taqdimotida O‘zbekiston iqtisodiyotining so‘nggi 8 yildagi asosiy o‘zgarishlarini tahlil qildi va Balton Trading Asia ushbu sharoitda qanday qilib iste’mol tuzilmasiga, aholining o‘sishiga va zamonaviy chakana savdo formatlariga moslashganini ko‘rsatdi.
Prezentatsiyada Korzinka, Makro, Olma, Havas kabi tarmoqlarning kengayishi, shuningdek, e-commerce, marketpleyslar va darkstorlar paydo bo‘lishi aks ettirildi.
Shu o‘zgaruvchan muhitda Balton Trading Asia xalqaro va mahalliy brendlar uchun asosiy distribyutor va 3PL hamkorga aylandi.
“Hammasi. Ham joyda. Hozir.” — bu shunchaki shior emas, balki BTA’ning tez o‘sayotgan bozorda logistika yondashuvining o‘zagidir.
Mansur Yo‘ldoshev: “Yangi 3PL obyektlar uchun mijozlarni qanday topish — va qanday ushlab qolish”
Mansur Yo‘ldoshev o‘z nutqida Balton Trading Asia tajribasiga asoslangan holda 3PL obyektlarini yaratish va ularni to‘ldirish bo‘yicha amaliy qo‘llanmani taqdim etdi.
U muvaffaqiyatli 3PL modeli uchun asosiy tamoyillarni ta’kidladi:
-
3PL — bu faqat ombor emas, bu xizmatlar tizimi: muvaffaqiyat to‘liq servis strukturasini yaratishdan boshlanadi.
-
Markazda — mijoz: infratuzilma haqiqiy ehtiyoj va mijoz talablari asosida qurilishi kerak.
-
Moslashuvchan rivojlanish modellar: “build to suit”, ijaraga asoslangan yoki bosqichma-bosqich qurilish, PR bilan qo‘llab-quvvatlash.
-
Mijozlarni jalb qilish: tenderlar, forumlar, agentliklar va shaxsiy aloqalar orqali.
“Ombor uchun mijoz qidirmang — xizmatingiz uchun mijoz qidiring.”
Aynan shu g‘oya Mansur Yo‘ldoshevning nutqini boshlagan va yakunlagan fikr bo‘ldi.
Balton Trading Asia’ning LOGFORUM Asia 2025’dagi ishtiroki kompaniyaning distribyutsiya va 3PL sohasidagi ekspert maqomini yana bir bor tasdiqladi. Bugun BTA butun mintaqada logistika xizmatlari bo‘yicha standartlarni shakllantirmoqda.