Balton Trading Asia – Markaziy Osiyodagi ilk 3PL operatori bo‘lib, ikki karra BREEAM sertifikatiga ega bo‘ldi
Balton Trading Asia Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib BREEAM sertifikatini loyiha (Design) va qurilish yakunidan keyingi (Post-Construction) bosqichlarda olgan 3PL operatoriga aylandi. Bu — barqaror taraqqiyotga sodiqlikning muhim belgisi.
Eng so‘nggi sertifikat 2025 yilda Toshkentdagi Pod’yomnik logistika markazi uchun berildi. Bu obyekt 2024 yilda loyiha bosqichida ham BREEAM bahosidan o‘tgan edi.
Ikki bosqichli sertifikatga ega bo‘lish — O‘zbekistonda kamdan-kam kompaniyalargagina nasib etgan yutuq.
Bu bizning mijoz va hamkorlarga aniq signal: biz nafaqat samaradorlik, balki mas’uliyat tomon ham harakatdamiz.
BREEAM (Building Research Establishment Environmental Assessment Method) — dunyodagi eng nufuzli ekologik binolarni baholash tizimlaridan biridir. U 80 dan ortiq mamlakatda qo‘llaniladi va energiya samaradorligi, atrof-muhitga ta’sir, qulaylik va xavfsizlik kabi mezonlarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekistonda atigi uchta bino BREEAM sertifikatiga ega. Balton Trading Asia — bu yutuqqa erishgan yagona 3PL operatoridir.
Biz infratuzilma, xalqaro standartlar va jamoamizga sarmoya kiritishda davom etamiz —
chunki zamonaviy logistika bu shunchaki yetkazib berish emas, bu — ishonchli tizimlar qurishdir